World Boxing xalqaro sport federatsiyasi prezidenti Boris van der Vorst O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasiga tashrif buyurdi. U sport rasmiylariga tashkilotning maqsadlari haqida ma’lumot berdi. Yakunda O‘zbekistondan kuchli qo‘llov olganidan xursandligini bildirdi.
O‘zbekiston boks federatsiyasi bosh murabbiy To‘lqin Qilichevning yurak xurujidan keyingi holatiga izoh berdi. “Hozirgi kunda murabbiyimizning sog‘ligi mo‘tadil, o‘zini yaxshi his qilmoqda. Biroz muolajalar olishi talab etiladi”, — deya qayd etdi tashkilot.
30-aprel — 14-may kunlari O‘zbekistonda o‘tadigan boks bo‘yicha jahon chempionatida milliy terma jamoadan 13 nafar sportchi qatnashadi. Ular orasida Bahodir Jalolov, Hasanboy Do‘smatov kabi Olimpiya o‘yinlari chempionlari ham bor.
O‘zbekiston boks terma jamoasining yangi murabbiylar shtabida endi federatsiya maslahatchisi, jamoa katta murabbiyi, murabbiy, trener-fizioterapevti lavozimlarida kubaliklar faoliyat olib boradi. Tajribali murabbiy Rahmatjon Ro‘zioxunov esa murabbiylar shtabidagi ishini davom ettirishi ma’lum bo‘ldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting